Yangiliklar

Bahmal Home brendi Wildberries’da

Bahmal Home brendi Wildberries marketpleysida taqdim etildi.

Assortimentda Bahmal Group’ning o‘z ishlab chiqarishida tayyorlangan, 100% paxtadan tikilgan choyshab va yotoq to‘plamlari mavjud.

Mahsulot ishlab chiqarishda mato sifati, puxta tikuv va marketpleys talablariga mos qadoqlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Bahmal Home mahsulotlari kundalik qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sovg‘a sifatida ham mos keladi.

Yaqin vaqt ichida assortiment yangi dizayn va o‘lchamlar bilan kengaytiriladi.
Made on
Tilda